Shanxayda Savdo-sanoat palatasi vakolatxonasi ochildi
O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi doirasida 18 may kuni Xitoy davlatining Shanxay pravintsiyasida Yevropa-Аmerika Savdo-sanoat palatasida Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi vakolatxonasi ochildi.
Mazkur vakolatxonaning ochilishidan maqsad tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, eksportni rivojlantirish hamda investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratishdan iborat.
SSP matbuot xizmati
22.05.2023
09:36