“Markaziy Osiyo - Xitoy” Ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 19 may kuni Xitoyning Sian shahrida “Markaziy Osiyo - Xitoy” davlat rahbarlari sammiti boshchiligida “Markaziy Osiyo - Xitoy” Ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
“Markaziy Osiyo - Xitoy” Ishbilarmonlar kengashi “Markaziy Osiyo - Xitoy” davlat rahbarlarining birinchi Sammiti doirasida Xalqaro savdoni rivojlantirish bo‘yicha Xitoy qo‘mitasi tashabbusi bilan Markaziy Osiyoning 5 mamlakati (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston) Savdo-sanoat palatalari bilan birgalikda tashkil etildi.
Tadbirda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama yo‘nalishlarda hamkorlik qilishdan manfaatdor ushbu mamlakatlarning ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston tomonidan Savdo-sanoat palatasi Raisi Davron Vaxabov boshchiligida mamlakatimizning barcha hududlaridan 70 ga yaqin biznes vakillar ishtirok etdi.
Ishbilarmonlar kengashining tashkil etilishi munosabati bilan seminar va taqdimotlar o‘tkazildi, shuningdek, Memorandum imzolandi.
SSP matbuot xizmati
22.05.2023
10:00