“Rossiya — Islom olami: KazanForum” XIV Xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi
Qozon shahrida “Rossiya — Islom olami: KazanForum” XIV Хalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari To‘ra Bobolov ishtirok etdi.
Biznes dasturi doirasida moliya, sanoat, texnologiya, ESG tamoyillari, kichik va o‘rta biznes, tibbiyot, sport va boshqalarni o‘z ichiga olgan 16 ta tematik yo‘nalish bo‘yicha 150 dan ortiq tadbirlar o‘tkazildi.
Forumning asosiy vazifasi Rossiya va islom davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy, savdo, ijtimoiy-madaniy aloqalarni rivojlantirishdan iborat.
SSP matbuot xizmati
22.05.2023
14:55