Eronning Kirmon viloyati Savdo palatasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 29 may kuni Eron Islom Respublikasining Kirmon viloyati Savdo palatasi bilan videokonferensaloqa formatida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Eronning Kirmon viloyati Savdo palatasi raisi Seyed Maxdi Tabibzade, O‘zbekistonning Eron Islom Respublikasidagi elchisi Bahodir Abdullayev, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahabov hamda mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida metall mahsulotlarini ishlab chiqarish, sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish hamda istiqbolli qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar metall mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘nalishida o‘zaro sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish, ikki mamlakat metall sohasidagi korxonalar o‘rtasida hamkorlikni jadallashtirish va o‘zaro manfaatli investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishga kelishib oldi.
SSP matbuot xizmati
29.05.2023
18:11