Hindistonning Oʼzbekistondagi muxtor elchisi Samarqandda
Joriy yilning 5 iyun kuni Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasiga Hindistonning Oʼzbekistondagi muxtor elchisi Janob Manish Prabhat tashrif buyurdi.
Elchi Janob Manish Prabhat va Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshligʼi Jasurbek Shodiyev oʼrtasida iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash, mango va banan mevalarini Samarqand viloyatiga eksport qilish hamda ikki davlat tadbirkorlik subyektlari oʼrtasida oʼzaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan suhbat boʼlib oʼtdi.
Uchrashuv davomida Elchi tomonidan Oʼzbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yanada jadal rivojlanayotganligiga alohida urgʼu berib, Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlik subyektlarini xorijiy koʼrgazma va biznes-forumlarda ishtirokini taʼminlashda koʼrsatayotgan xizmatlaridan mamnunligini eʼtirof etdi.
SSP matbuot xizmati
07.06.2023
11:01