Oʼzbek-turk ishbilarmon doira vakillarining biznes uchrashuvi
Аyni paytda yurtimizda boʼlib turgan Turkiyaning “Ostim” sanoat zonasi bosh direktori boshchiligidagi turk kompaniyalarining Oʼzbekistonga biznes missiyasi ilk marotaba amalga oshirilmoqda.
Poytaxtimizda joriy yilning 6 iyun kuni bo’lib o’tgan Oʼzbekiston va Turkiya ishbilarmonlar ishtirokidagi biznes-forum va “B2B” formatidagi ikki tomonlama muzokaralar turli yoʼnalishlarni oʼz ichiga qamrab oldi. Unda mamlakatimizda faoliyat yurituvchi 150 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining Birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov o'z ma'ruzalari bilan chiqish qildilar.
Shuningdek, Forum davomida Turkiya tadbirkorlari Oʼzbekistonda investitsion muhitni yanada yaxshilash, iqtisodiyotni liberallashtirish, tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
SSP matbuot xizmati
07.06.2023
11:11