“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda
“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish borasida Toshkent viloyatida ham tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Yuqori Chirchiq tumanidagi “Millatlar do‘stligi" madaniyat saroyida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Ushbu yarmarkada ish o‘rinlari bilan 82 ta tadbirkor va 341 nafar ishsiz fuqaro qatnashdi. Shundan 131 nafari shu joyning o’zida ish bilan band qilindi. 12 nafar fuqaro qayta kasb-hunar o‘qitishga jalb etildi.
SSP matbuot xizmati
07.06.2023
11:35