O‘zbekistondagi Yaponiya Ishbilarmonlar-Klubi Raisi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi
Joriy yilning 7 iyun kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi maslahatchisi Saidkomil Saidnazirxonov va O‘zbekistondagi Yaponiya Ishbilarmonlar-Klubi Raisi Nakayama Shotara o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yaponiya Ishbilarmonlar-Klubi 2014-yilda qisman Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan. Yaponiya ishbilarmonlar klubini tashkil etishdan asosiy maqsad O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishdan iborat.
Uchrashuv davomida ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, shuningdek, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekistonda Yaponiya sarmoyasi ishtirokidagi 46 ta korxona, shu jumladan, 30 tasi 100 foiz yapon kapitali ishtirokida faoliyat yuritmoqda. Ularning asosiy faoliyat yo'nalishlari: neft va gaz, neft-kimyo va kimyo sanoati, energetika uskunalari, mashinasozlik va muhandislik mahsulotlari ishlab chiqarish, transport va logistika xizmatlarini ko'rsatish, savdo operatsiyalari, ta'lim va turizm.
SSP matbuot xizmati
08.06.2023
10:54