Qo‘qonda yong‘indan talofat ko‘rgan tadbirkorlarga amaliy ko‘mak berilmoqda
Habaringiz bor, joriy yilning 12 iyun kuni Qo‘qon shahridagi "Buyuk ipak yo‘li" savdo majmuasida katta yong‘in yuz bergan edi.
Ushbu yong‘indan talofat ko‘rgan tadbirkorlarga ko‘mak berish maqsadida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Farg‘ona viloyat hokimligi tomonidan Buyum bozoridagi tadbirkorlarni muammolarini ro‘yxatga olish ishchi guruh shtabi tashkil etildi.
Xozirga qadar 841 ta tadbirkor murojaati ro‘yxatga olinib, ularga faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish uchun 58,4 mlrd. so‘m aylanma mablag‘iga talab aniqlandi.
“Tezkor shtab” faoliyati uzluksiz davom etmoqda.
Manzil: Qo‘qon shahar XTB tasarrufidagi 39-umumiy o‘rta ta'lim maktabi
16.06.2023
10:09