Tadbirkorlik subyektlarining xarid chekini bermaganlik uchun qo'llanilayotgan javobgarlik choralari muhokama qilindi
Tadbirkorlik subyektlarining xarid chekini bermaganlik uchun qo'llanilayotgan javobgarlik choralari soliq organi vakillari hamda tadbirkorlar ishtirokida muhokama qilindi.
Kichik tadbirkorlik subyektlariga chek bermaslik holatlari yuzasidan qoʻllanilayotgan moliyaviy jarimalardan norozi boʻlib, Palataga murojjat qilayotgan tadbirkorlarimiz sonining ortgani bu yoʻnalishda maʼlum bir muamolar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Mazkur masala yuzasidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida joriy yilning 16 iyun kuni Savdo-sanoat palatasi Raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov boshchiligida, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining Soliq solish metodologiyasi departamenti boshlig'i Yigitali Narziyev, Palata xodimlari hamda tadbirkorlar ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.
SSP matbuot xizmati
19.06.2023
09:39