O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Joriy yilning 21 iyun kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Xitoy Xalq Respublikasi Investorlar alyansi yetakchilari klubi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, xususan, O‘zbekiston xorijiy sarmoyalarni jalb etish bo‘yicha ulkan salohiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining faoliyati bilan tanishtirildi. Investorlar Alyansi Liderlar klubi vakillari O‘zbekistondagi farmatsevtika sanoati sohasiga va yirik qurilish loyihalarda ishtirok etishga qiziqish bildirdi.
Uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash maqsadida biznes-forum o‘tkazish imkoniyatlarini ham muhokama qildi. Uchrashuv ikki davlat o‘rtasida iqtisodiyot va sarmoyaviy sohalarda sheriklik aloqalarini o‘rnatish va hamkorlikni kengaytirishga qaratildi.
SSP matbuot xizmati
22.06.2023
15:12