“Yashil texnologiyalarni moliyalashtirish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 4 iyul kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Germaniyaning Adelphi Consult GmbH tadqiqot kompaniyasi bilan hamkorlikda “Yashil texnologiyalarni moliyalashtirish” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Bank sohasi mutaxassislari uchun o‘tkazilgan seminar-treningda quyidagi yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi:
- kichik va o'rta biznes uchun moliyaviy mahsulotlar;
- yashil texnologiyalarning moliyaviy mahsulotlarining ilg'or tajribasi va holatlari;
- yashil texnologiyalar bozori ishtirokchilari landshafti;
- yashil texnologiyalar sohasidagi moliyaviy vositalar.
O‘quv-seminarda respublikaning yashil moliyalashtirish sohasida faol faoliyat olib borayotgan bir qator tijorat banklari, jumladan, “Qishloq qurilish bank”, “Agrobank” va “O‘zsanoatqurilishbank” mutaxassislari ishtirok etishdi.
Ushbu oʻquv seminari Palata tomonidan Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Qishloq-oziq-ovqat sanoatida resurs samaradorligi” loyihasini amalga oshirish doirasida oʻtkazildi.
SSP Matbuot xizmati
05.07.2023
09:52