Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Joriy yilning 13 iyul kuni Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o'rinbosari Islom Jasimov hamda Jizzax viloyati hokimi birinchi o'rinbosari Abduvali Mustanov tomonidan boshqarma xodimlari ishtirokida y'ig'ilish o'tkazildi.
Mazkur yig'ilishda Xasanov Rustam Ergash o'g'li Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi boshligi' etib tayinlandi.
R.Xasanov 1993-yil Jizzax viloyatida tugʼilgan. Maʼlumoti oliy. 2016-yil Jizzax Politexnika Institutini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Jizzax viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo'jalik, ekologiya va ko'kalamzorlashtirish masalalari bo'yicha o'rinbosari kotibiyatining mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, yig'ilishda Savdo-sanoat palatasi faoliyatini takomillashtirishda hududiy boshqarmaning o'rnini yanada oshirish vazifalari to'g'risida so'z yuritildi va ushbu vazifalarni bajarishda yangi tayinlangan rahbarga alohida ishonch bildirildi.
SSP Matbuot xizmati
13.07.2023
12:22