Tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv Qashqadaryo viloyatida bo'lib o'tdi
Joriy yilning 13 iyul kuni ”Tadbirkorlik rivoji uchun yangi taklif va tashabbuslar” shiori ostidagi navbatdagi uchrashuv Qashqadaryo viloyatida bo'lib o'tdi.
Tadbirni O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi Davron Vaxabov va viloyat hokimining o'rinbosari O'tkirjon Qodirov ochib berdi. Tadbir onlayn formatda respublikaning boshqa hududlari bilan ham bog‘langan holda bo'lib o'tdi.
Ushbu tadbirda viloyatning 150 nafarga yaqin tadbirkorlari, sohadagi qonunchilik hujjatlari va tartiblar bo‘yicha puxta bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan ekspertlar, xususan, soliq maslahatchilari, auditorlar, huquqshunoslar, tijorat banklari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, tadbirkorlik sohasida kuzatilayotgan tizimli muammolarni aniqlash, ularni muhokama qilish, shuningdek, tadbirkorlarga qulaylik va yangilliklar yaratishga qaratilgan takliflar ishlab chiqib uni hayotga tatbiq etishdir.
SSP Matbuot xizmati
14.07.2023
14:55