Jizzax shahrida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilnining 17 iyul kuni Jizzax shahrida “Tadbirkorlik uchun yangi taklif va tashabbuslar” shiori ostida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi faoliyati to‘g‘risidagi videorolik namoyishi bilan ochib berildi.
Ushbu tadbir O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov va Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Abduvali Mustanov boshchiligida bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, mazkur tadbirda Jizzax viloyatining barcha shahar va tuman hokimlarining o‘rinbosarlari, Markaziy bank Jizzax viloyati filiali vakillari, tijorat banklari vakillari, viloyatning barcha tumanlaridan 120 tadan ziyod tadbirkorlar hamda respublika idoradaridan ekspertlar, xususan, auditorlar va soliq maslahatchilari ishtirok etdi.
Ushbu ochiq muloqotni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, tadbirkorlik sohasida kuzatilayotgan tizimli muammolarni o‘rganish, ularni muhokama qilish, shuningdek, tadbirkorlarga qulaylik va yangilliklar yaratishga qaratilgan takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Mazkur tadbirda ishtirokchilarning barcha savollariga Islom Jasimov hamda ekspertlar tomonidan javoblar berildi va tadbirkorlar faoliyatida ro‘y berayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli vazirlik va idoralarga takliflar kiritilishi belgilab olindi.
SSP Matbuot xizmati
18.07.2023
16:21