Toshkent viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Toshkent viloyatida O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining Birinchi o’rinbosari Islom Jasimov hamda ekspertlar ishtirokida ”Tadbirkorlik rivoji uchun yangi taklif va tashabbuslar” shiori ostida biznes vakillari bilan ochiq muloqot formatida uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Ushbu tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, tadbirkorlik sohasida kuzatilayotgan tizimli muammolarni o‘rganishdan iborat.
Ushbu uchrashuvda Toshkent viloyatining 22 ta shahar tumanidan tashrif buyurgan 100 dan ortiq tadbirkorlar qatnashdi va o’z yo’nalishlari bo’yicha muammolarini bildirib va ular bo'yicha taklif va tashabbuslarini berdi.
Tadbirda ishtirokchilarning barcha savollariga javoblar berildi va tadbirkorlar faoliyatida ro‘y berayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli vazirlik va idoralarga takliflar kiritilishi belgilab olindi.
Tadbirni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: www.youtube.com
SSP Matbuot xizmati
26.07.2023
17:36