Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida "Tadbirkorlar xiyoboni" tashkil etildi
Prezidentimizning 2023-yil 23 yanvardagi “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-15-sonli Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida "Tadbirkorlar xiyoboni" tashkil etildi.
Xiyobonda tadbirkorlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Jumladan, investorlarning biznes loyihalarini muhokama qilish hamda “B2B” uchrashuvlari uchun maxsus xonalar, “kovorking” faoliyati, shuningdek, Wi-Fi zonalar tashkil qilingan.
Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi mutasaddilari, tadbirkorlik subyektlari vakillari tadbirkorlar xiyobonida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
SSP Matbuot xizmati
31.07.2023
09:15