Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishga huquq beruvchi maxsus guvohnoma olish uchun navbatdagi attestasiya o‘tkazildi
Savdo-sanoat palatasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil ishtirokida, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlari tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishga huquq beruvchi maxsus guvohnoma olish uchun attestasiyadan o‘tkazildi.

Attestasiya komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Musayev Bexzod Anvarovich bevosita rahbarlik qildi.
Shuningdek, komissiya tarkibida vazir o‘rinbosari Turdiboyeva Ra’no Eshovna, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Ombudsman)ning mas’ul xodimi hamda Savdo-sanoat palatasi vakili ishtirok etdi.
Attestasiyadan o‘tkazilishi belgilangan 14 nafar xodimdan 8 nafari attestasiyadan o‘tdi va ularga maxsus guvohnoma berish belgilandi, 6 nafar xodim attestasiyadan o‘ta olmadi. Mazkur xodimlarni 6 oydan so‘ng qayta attestasiyadan o‘tkazish belgilab qo‘yildi.
SSP Matbuot xizmati
03.08.2023
14:10