Hurmatli tadbirkorlar!
Joriy yilning 14 sentabr kuni soat 12:00da Germaniya Savdo-sanoat palatasi boshqaruvi a’zosi doktor Folker Trayer boshchiligidagi Germaniya delegatsiyasining tashrifi doirasida Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida “O‘zbekistonda Germaniya iqtisodiyoti kuni 2023” konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu konferensiyasida Germaniyaning DB Engineering, Consulting, Operations, ENGINEERING DOBERSEK, Hagen Consulting & Training GmbH, Hellmann Worldwide Logistics va boshqa shu kabi yetakchi kompaniyalari ishtirok etadi.
Tadbir davomida siz nemis biznes vakillari bilan logistika, qurilish, energetika, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniga ega bo‘lasiz.
Konferensiyada ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting:
https://zentralasien.ahk.de/ru
04.09.2023
16:48