Bоku shahrida Turkiy Agroforum boʻlib oʻtadi
Joriy yilning 26-sentabr kuni Bоku shahrida Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) qishloq xoʻjaligi vazirlarining ikkinchi yigʻilishi doirasida Turkiy Agroforum boʻlib oʻtadi.
Tadbirdan ko'zlangan maqsad qishloq xo'jaligidagi hamkorlikning asosiy masalalari bo'yicha yagona muhokama maydonini yaratishdan iborat.
Agroforum doirasida TDTga a'zo va kuzatuvchi davlatlar ishtirokida B2B uchrashuvlari o‘tkaziladi.
Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov ham ishtirok etib, ma'ruza bilan chiqish qilishi kutilmoqda.
SSP matbuot xizmati
25.09.2023
16:06