Bokuda Turkiy tilli davlatlarning II Аgrobiznes forumi bo‘lib o‘tdi
Bоku shahrida Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) qishloq xoʻjaligi vazirlarining ikkinchi yigʻilishi doirasida Turkiy Agroforumi bo'lib o'tdi.
Turkiy qishloq xo‘jaligi forumining asosiy e’tibori agrosanoat majmuasida iqtisodiy o‘zaro aloqalarni kengaytirish, jumladan, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, a’zo va kuzatuvchi davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli loyihalarga sarmoyalarni jalb etishga qaratilgan.
Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.
I.Jаsimov o‘z nutqida Turkiy Savdo-sanoat palatalari Ittifoqi mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralari o‘rtasida ishbilarmonlik aloqalarini shakllantirish markaziga aylanganini alohida to'xtalib o'tdi.
Ta’kidlash joizki, agrosanoat sektori TDTga a’zo davlatlarning barqaror rivojlanishining va tadbirkorlar o’rtasidagi samarali hamkorliginig eng keng imkoniyatlariga ega sohadir.
Shuningdek, Agroforum doirasida TDTga a'zo va kuzatuvchi davlatlar ishtirokida B2B uchrashuvlari o‘tkazildi.
SSP matbuot xizmati
27.09.2023
09:07