O‘zbekiston va Gamburg Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida niyat bayonnomasi imzolandi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov Germaniyaga tashrifi doirasida Gamburg Savdo-sanoat palatasi raisi Norbert Aust bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va takomillashtirishga doir kelishuvlarni mustahkamlash maqsadida ikki palata oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida niyat bayonnomasi imzolandi.
Joriy yilning 14-17 sentabr kunlari Germaniya delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Gamburg Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida Memorandum imzolash bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.
Mazkur hujjat hamkorlikning yangi “oʻsish nuqtalari”ni birgalikda aniqlash, Oʻzbekiston va Gamburg biznes vakillari oʻrtasida aniq kelishuvlarga erishishga xizmat qiladi.
SSP matbout xizmati
03.10.2023
09:11