Ozon marketpleysi bilan elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolandi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Rossiyaning Ozon marketpleysi o‘rtasida elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Marosim 4-oktabr kuni Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan uchinchi O'zbekiston-Rossiya hududlararo hamkorlik forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar O‘zbekistonda tovarlarni saqlash, qayta ishlash va yetkazib berish bo‘yicha logistika infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, transchegaraviy savdo mexanizmlarini takomillashtirish va mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida “Ozon” kompaniyasi o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun o‘quv tadbirlarini o‘tkazadi. Kompaniya elektron tijoratni tartibga solish, shuningdek, transchegaraviy savdo mexanizmlarini takomillashtirish ishlarida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.
Ozon 2021 yildan beri MDHda tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunda kompaniya bozor maydonini rivojlantirmoqda va Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston va Armanistonda sotuvchilarni jalb qilmoqda.
SSP matbuot xizmati
10.10.2023
09:58