Arxangelsk viloyati ishbilarmon doiralari O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Joriy yilning 16 oktabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vaxabov, O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi Favqulodda va Muxtor Elchisi B.Asadov, Arxangelsk viloyati iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari M.Anisimova, Arxangelsk viloyati Savdo-sanoat palatasi prezidenti V.Lochexin va ikki davlat boshqa vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida videokonferensaloqa tarzida muzokaralar o‘tkazildi.
Uchrashuvda Arxangelsk viloyati gubernatori A.Tsibulskiy boshchiligidagi Arxangelsk viloyati ishbilarmon doiralari delegatsiyasining joriy yil 15-18-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha delegatsiya tashrifi davomida rejalashtirilgan tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
SSP matbuot xizmati
17.10.2023
09:21