O'mon Sultonligining Muvaqqat ishlar vakili Nosir Al-Mavaliy bilan uchrashuv
Joriy yil 17-oktyabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov va O'mon Sultonligining Muvaqqat ishlar vakili Nosir Al-Mavaliy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shu jumladan, O'monning Salala Porti orqali Afrika qit'asiga chiqish, reeksportni yo'lga qo'yish, shuningdek baliqchilik va asalchilik tarmogʻida hamkorlikni yanada rivojlantirish va tajriba almashish bo'yicha ishlarni boshlashga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida ikki mamlakat ishbilarmon doiralarini yaqinroq aloqalar o‘rnatish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga jalb etish bo‘yicha hamkorlikda ishlashga o‘zaro tayyorlik bildirildi.
SSP matbuot xizmati
17.10.2023
17:46