Davron Vaxabov Muratec kompaniyasi mutaxassislari bilan uchrashdi
Joriy yilning 19 oktyabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov Muratec kompaniyasi mutaxassislari bilan uchrashdi.
Muratec – Yaponiya xalqaro kompaniyasi bo'lib, uning asosiy mahsulotlaridan biri to'qimachilik mashinalaridir. Korporatsiya aylanmasi 2 milliard yevrodan oshadi, ishchilar soni 3000 dan ortiq kishini tashkil etadi.
Uchrashuvda Yaponiya kompaniyalari bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish va ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida Yaponiya kompaniyasidan to‘qimachilik uskunalarini O‘zbekistonga yetkazib berish va ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar to‘qimachilik sanoati va qo‘shma ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi.
SSP matbout xizmati
23.10.2023
11:06