O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi delegatsiyasi Tataristonda
Shu kunlarda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Jamshed Urakov boshchiligidagi delegatsiya Tatariston Respublikasida bo‘lib turibdi.
Ushbu tashrif O‘zbekiston Prezidentining joriy yil oktyabr oyida Qozonga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Ta'kidlash joizki, tadbirkorlikni rivojlantirish va uni har tomonlama qo'llab-quvvatlash bugungi izchil islohotlarning ustuvor yoʻnalishiga aylandi.
Delegatsiya tarkibiga O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmalari rahbarlari kirib, tashrif doirasida Tatariston Savdo-sanoat palatasi faoliyati bilan tanishish, mamlakatning o‘z sohasi bo‘yicha yetakchi korxonalariga tashrif buyurish, shuningdek, “Tatariston biznes hamkorlari” forumida ishtirok etish rejalashtirilgan.
Tashrifdan asosiy maqsad Tatariston va O‘zbekiston ishbilarmon doiralari o‘rtasida ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish, shuningdek, ikki davlat Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida tajriba almashishdan iborat.
SSP matbuot xizmati
29.11.2023
09:23