Boshqirdiston Respublikasi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o'rinbosari v.b Umidbek Safarov hamda Boshqirdiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar va kongress faoliyati vazirining birinchi o'rinbosari Lena Izotova boshchiligidagi delegatsiya vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvdan maqsad Boshqirdiston va O'zbekiston savdo-iqtisodiy aloqalarini yanada mustahkamlash va hamkorlikni tizimli ravishda kuchaytirish.
Uchrashuv davomida ikki davlat vakillari tashkilot faoliyatini tanishtirish bilan birga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, suyultirilgan gazni saqlash uchun konteynerlarni yetkazib berish va ikki davlat o‘rtasidagi eksport-import hajmini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Muloqot yakuniga ko‘ra, kelgusida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan biznes-missiya tadbirlarida ikki tomon tadbirkorlarning ishtirok etishiga ko'maklashishga kelishib olindi.
SSP matbuot xizmati
21.12.2023
10:28