O‘zbekiston-Qirg‘iziston savdo-sanoatidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda
Avval xabar berganimizdek, Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegaradosh hududlarda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mebel mahsulotlarining ”savdo uyi” va “shourum” tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Ushbu maqsadda Savdo-sanoat palatasi vakillari tomonidan Qirg‘iziston Respublikasiga 20 nafardan ortiq o'zbekistonlik tadbirkorlar olib borildi.
Safar davomida O‘sh shahrida joylashgan "Megapolis" savdo markazida bo‘lib, u yerda o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun ajratilgan joylar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, Savdo markazi direktori va vakillari ishtirokida tadbirkorlar bilan suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga to‘liq javoblar olindi. Ushbu yirik savdo markazida ish olib borishni istovchi tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar bilan tanishtirib o‘tildi.
SSP matbuot xizmati
10.01.2024
10:01