Hurmatli tadbirkorlar!
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi joriy yilning 6-8-mart kunlari Xitoy davlatining Shanhay shahrida "YarnExpo 2024" — Хalqaro to'qimachilik mahsulotlari ko'rgazmasi bo'lib o'tishini ma'lum qiladi.
Ko'rgazmada Osiyo va Yevropa mamlakatlaridan 30 000 dan ziyod ishtirokchilar va 600 ta kompaniyalar ishtiroki kutilmoqda.
Ishtirokchilar so'nggi tabiiy va aralash iplar to'plami, paxta, sun'iy tolalar, elastik, aralash iplarni o'z ichiga olgan maxsus mahsulotlarni namoyish etadilar.
Ko'rgazma chet ellik xaridorlar uchun ushbu sohadagi yetakchi mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan aloqa hamda chet ellik yetkazib beruvchilar uchun hududlarda mustahkam aloqalarni o'rnatish va bozorda o'z ishtirokini oshirish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.
Ko'rgazmada o'z mahsulotlari bilan ishtirok etish istagini bildirgan to'qimachilik yo'nalishida faoliyat yuritadigan tadbirkorlardan O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan bog'lanishlarini so'rab qolamiz.
Murojaat uchun aloqa raqami:
+998 78 150-60-06
18.01.2024
16:12