Urumchida Oʻzbekiston-Xitoy birinchi hududlararo forumi bo’lib o’tmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi arafasida 22-yanvar kuni Urumchi shahrida ikki mamlakatning 1 200 dan ortiq ishbilarmon doira vakillari ishtirokida Oʻzbekiston- Xitoy birinchi hududlararo forumi bo’lib o’tmoqda.
Biznes-forum doirasida “B2B” va “G2B” formatlarida uchrashuvlar boʻlib oʻtishi, shuningdek, tadbir yakunlari boʻyicha bir qator yirik savdo shartnomalari va investitsiyaviy bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
Shuningdek, tadbir doirasida Savdo-sanoat palatasi ko'magida O‘zbekistondagi korxonalar va eksport uchun mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarning "Made in Uzbekistan" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad — O‘zbekiston sanoat kompaniyalarini rivojlantirish va investitsion yutuqlarini Xitoy bozorida namoyish etish.
O‘zbekistonda Xitoy kapitali ishtirokidagi 2 mingdan ortiq korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. 2023-yilda Xitoy kompaniyalari ishtirokida umumiy qiymati qariyb 2 milliard dollarlik 60 dan ortiq loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
SSP matbuot xizmati
22.01.2024
11:22