Dilshod Rasulov O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi rais o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
Rasulov Dilshod Ozodovich — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
D.Rasulov 1972-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, 1994-yilda Toshkent moliya institutini, 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasi strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabini tamomlagan.
1997-2009-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.
D. Rasulov 2010-2014-yillarda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Savdo ko‘rgazmalari va yarmarkalarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i, Tashqi iqtisodiy aloqalar departamenti boshlig‘i, rais o‘rinbosari lavozimlarida ham ishlagan.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
SSP matbuot xizmati
24.01.2024
12:42