6.02.24

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

6.02.24

O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

1.02.24

Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

1.02.24

Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

31.01.24

“Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

“Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-39-sonli qarori bilan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, qonunchilik talablariga amal qilgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish va ularni rag‘batlantirish maqsadida “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish belgilangan.

Ushbu qaror mazmun-mohiyatini keng tushuntirish va qarorda belgilangan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 31-yanvar kuni Toshkent shahrida 400 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari ishtirokida “seminar-trening” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda tegishli vazirlik va idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari, to‘qimachilik sohasida faoliyat yurituvchi mahalliy tadbirkorlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

    

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad tadbirkorlarga 2024-yil 1-fevraldan joriy etilayotgan “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi”da ko‘zda tutilgan normalarning mazmun-mohiyatini hamda tadbirkorlarga uning ijrosini ta’minlash bo‘yicha batafsil tushuntirish berishdan iborat.

Tadbirni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vaxabov, Soliq qo‘mitasi raisi Sh.Kudbiyev va Prezident huzuridagi Tadbirkorlar huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil D.Qosimov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

    

Xususan, kun tartibiga muvofiq, qarorning mazmun-mohiyati, Barqarorlik reytingi bo‘yicha tadbirkorlarga beriladigan imtiyoz va preferensiyalarni o‘z vaqtida qo‘llanilishi ustidan olib boriladigan nazorat, Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlashda avtomatlashtirilgan platforma hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-yanvardagi VMQ-55-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Barqarorlik reytingi mezonlari mazmun-mohiyati xususida ma’lumot berildi.

Eslatib o‘tamiz, Reyting doirasida tadbirkorlik subyektlari quyidagi toifalarga ajratiladi:

“AAA”, “AA” va “A” toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;

“BBB”, “BB” va “B”toifalar – o‘rta barqarorlik reytingi;

“SSS”, “SS” va “S” toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;

“D” toifa – quyi barqarorlik reytingi.

Reyting Soliq qo‘mitasining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasida idoralararo axborot almashinuvi vositasida avtomatik tarzda (onlayn) shakllantiriladi va Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi.

    

Yuqorida nazarda tutilgan rag‘batlantirish choralari davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 % va undan ortiq miqdorda davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Seminar-trening davomida mazkur qaror va qaror bilan joriy etilayotgan Barqarorlik reytingini iqtisodiyot, moliya-byudjet sohasida hamda tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash borasida dolzarb va muhimligi ta’kidlanib, tadbirkorlarni qiziqtirgan savollariga ekspertlar tomonidan tushuntirish berildi hamda fikr-mulohazalari tinglandi.

SSP matbuot xizmati

31.01.2024

17:57

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06
  • https://kaosbsd.com/