Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi
Guliston shahar hokimligi "Yoshlar markazi"da viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyevning tadbirkorlar uchun navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi.
Qabul davomida turli tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan 26 nafar ishbilarmonlarning murojaatlari va takliflari tinglandi. Murojaatlarning salmoqli qismini kadastr, kredit, muhandislik tarmoqlari, soliq imtiyozlari va subsidiya ajratish masalalari tashkil etdi.
Murojaatlarning 7 tasi shu yerning oʻzida qanoatlantirildi, 5 tasini yechimi boʻyicha muddatlar belgilandi, 8 tasiga masʼul tashkilotlar rahbarlari tomonidan huquqiy tushuntirish berildi. Qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan 6 ta murojaat nazoratga olindi.
SSP matbuot xizmati
01.02.2024
15:19