Qo'qon shaxri, Xudoyorxon saroyi
2019-09-11
Xalqaro hunarmandchilik festivali
10–15 sentyabr kunlari Qo'qon shahrida ilk bor Xalqaro hunarmandchilik festivali bo'lib o'tadi. Tadbir davlatimiz rahbarining 2018 yil 1 noyabrdagi “Xalqaro hunarmandchilik festivalini o'tkazish to'g'risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilmoqda. Dasturga ko'ra, O'rda maydonida festivalning rasmiy ochilish va yopilish marosimlari, mahalliy va xorijiy hunarmandlarning mahsulotlari ko'rgazma-savdosi hamda xalq sayllari, qo'g'irchoqbozlik, dorbozlar va folklor jamoalari, viloyatlar madaniyat boshqarmalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturlari namoyishlari, osh tanlovlari o'tkaziladi. Xalqaro festival Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, O'zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Farg'ona viloyati hokimligi tomonidan har ikki yilda bir marta Qo'qon shahrida o'tkaziladi.
Tadbirlar dasturi:
O'tkazilish joyi:
Qo'qon shaxri, Xudoyorxon saroyi
2019-09-11:
Boshlanish sanasi
2019-09-15:
Tugatish sanasi