Markaziy Osiyo davlatlarida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksportini diversifikatsiyalash bo'yicha istiqbolli bozorlar tahlili
Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkilotining «Markaziy Osiyoda savdo tartibotlarini soddalashtirish» loyihasi tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari mahslotlarining tashqi bozorlarga kirishlarini osonlashtirish bo'yicha strategiya ishlab chiqish maqsadida istiqbolli qishloq xo'jaligi mahslotlarini eksportini diversifikatsiya qilish bo'yicha tadqiqotlar amalga oshirilgan bo'lib, unga ko'ra yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, quruq meva, yong'oq, dukkakli don mahsulotlari va go'sht mahsulotlari bo'yicha tahlillar amalga oshirilgan.
Mazkur tadqiqot asosida Germaniya, Xitoy, BAA va boshqa maqsadli xorijiy bozorlarga mahslotlarni eksport qilishning talablari, shuningdek, amaldagi qonunchilik tabalari, bozordagi mavjud holat savdo tarmoqlari, raqhobat muhiti bozordagi talab va iste'molchilarning xoxish-istaklari chuqur o'rganib chiqilgan.
Eksport geografiyasini kengaytirish va yangi bozorlarga chiqish bo'yicha mavjud muammolar o'rganilgan va ularning asosida aniq taklif va tavsiyalar bildirilgan.
Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkiloti va "Euromonitor International" kompaniyasi hamda O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamkorligida 2018 yil 16 yanvar kuni, mahalliy meva-sabzavot mahsulotlari eksporti bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlar ishtirokida tashkil etilgan davra suhbati davomida o'tkazilgan tadqiqot natijalarini quyidagi sahifadan yuklab olishingiz mumkin.
Tadqiqot natijalari:
27.03.2018
13:06