AGROKOMP LOYIHASI DOIRASIDA SEMINAR 4-8 iyun, 2018y.
O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Milan shahri (Italiya) Savdo-sanoat palatasi qoshidagi FORMAPER agentligi va Qozog'iston Respublikasining savdo va sanoat korxonalari uyushmasi bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqining texnik ko'magida 2017-2019 yillar davomida “Qiymat zanjirlarini yaratish, barqaror rivojlanish va eko-innovatsiyalarni takomillashtirish orqali oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish” loyihasini amalga oshirilayotganini ma'lum kiladi.
Ushbu loyiha bugungi kunda O'zbekiston Respublikasining quyidagi hududlarida amalga oshirilmoqda: Qoraqalpog'iston Respublikasi, Namangan va Toshkent viloyatlari, Toshkent shahri.
Loyihadan ko'zlangan maqsad:
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashda qishloq xo'jaligi korxonalarini samarali qo'llab-quvvatlash, hamda ularni sifat jihatdan yangi raqobatbardoshlik darajasiga olib chiqish maqsadida professional mutaxassislar tarmog'ini yaratish va mustahkamlash.
Ushbu munosabat bilan, 2018 yilning 4-8 iyun kunlari “Le Grand Plaza” mehmonxonasining (Toshkent shahar, O'zbekiston ovozi ko'chasi, 2) “Le Grand Plaza” konferens-zalida ushbu loyiha doirasida tashkil etiladigan navbatdagi 5 kunlik seminar bo'lib o'tadi. Seminar Italiyalik xalqaro trener Rita Bonucchi tomonidan olib boriladi.
Ushbu seminar-treningda quyidagi tashkilot va korxonalarning mutaxassislari taklif etiladi:
Biznesni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar;
Agrosanoat va oziq-ovqat sanoati korxonalarining uyushmalari;
Ushbu sohada xizmat ko'rsatayotgan konsalting korxonalari;
Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasining biznes maslahatchilari:
Shu bilan bir qatorda ta'kidlash lozimki, ushbu loyiha doirasida 3 yil davomida bir qator seminarlar, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida yuqorida sanab o'tilgan maqsadli guruhlar uchun amaliyotlar o'tkazilishi belgilangan.
Seminarda ishtirok etish bepul!
Qoraqalpog'iston Respublikasi va Namangan viloyatidan (xar biri hududdan 6 nafar) ishtirokchilar uchun seminar-treningda ishtirok etish bilan bog'liq barcha xarajatlar loyiha tomonidan qoplanadi.
Seminarda ishtirok etish qiziqishini bildirganlar seminar-trening antekasini to'ldirib, 2018 yilning 29 may kuniga qadar dadakhon.jumaniyazov@gmail.com, sh.turgunbayev@chamber.uz elektron manzillariga yuborishlari so'raladi.
Ishtirokchilar soni cheklangan, ishtirokchilarning yakuniy ro'yhati Savdo-sanoat palatasi tomonidan loyiha talablariga mos ravishda shakllantiriladi.
Anketani yuklab olish
Dastur bilan tanishish (ingliz tilida)
O'zSSP Matbuot xizmati
22.05.2018
17:02