Italiya-O‘zbekiston Biznes-Forumida qatnashish istagida bo‘lgan tadbirkorlar diqqatiga
Forum “The European House – Ambrosetti” guruhi tomonidan Italiyaning Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi, O‘zbekistonning Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Italiyaning Toshkentdagi elchixonasi va O‘zbekistonning Rimdagi elchixonasi ko‘magida, Italiya savdo agentligi (ICE), “Italiya-O‘zbekiston” Savdo-sanoat palatasi hamda Italiya sanoatchilar Konfederatsiyasining (Confindustria) O‘zbekistondagi filiali bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Mazkur Forumga joriy yilning 11-dekabrdan start beriladi.
Tashkilotchilar tomonidan ushbu tadbirga bag‘ishlangan maxsus veb-sahifa yaratilgan www.iubf20.ambrosetti.eu.
Veb-sahifada Forum haqida batafsil ma'lumotlar, O‘zbekiston va Italiya iqtisodiyotining taqdimoti, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarning holati va istiqbollari, ushbu tadbirda ishtirok etishning tashkiliy va amaliy jihatlari aks ettirilgan.
Forumda ishtirok etish niyatida bo‘lganlar qo‘yidagi havolalar orqali platformadan fodalanish tartibi bilan tanishib chiqishlari mumkin (taqdimotlar ingil tilida)
Biznes tarmog‘ini boshqarish platformasi uchun havola
Profilni boshqarish va sessiyalarda qatnashish qo‘llanmasi uchun havola
Platformaga kirish uchun qo‘llanmasi uchun havola
09.12.2020
15:54