Savdo-sanoat palatasida Yaponiya kompaniyalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2022 yil 15 aprel' kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Yaponiya ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegasiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi mas'ul vakillari hamda Yaponiyaning kichik moliya tashkilotlari, mehmonxona, restoran, elektrotexnika, kosmetika, konsalting va logistika yo‘nalishidagi kompaniyalar ishtirok etdilar.
Yaponiya tomoni respublikamizda biznes faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagi yuqori ekanligini, hamda yurtimizda xorijiy investor va kompaniyalar uchun yaratilgan imkoniyatlar yapon kompaniyalarini yurtimizga qiziqishini yanada oshirayotganligini bildirdi.
O‘z navbatida Palata mas'ul xodimi G‘.Usmonov Yaponiyaning farmasevtika, elektrotexnika, qurilish materiallari, charm-poyabzal, to‘qimachilik sanoati kompaniyalarining ishlab chiqarish zanjiriga O‘zbekiston kompaniyalarini jalb etish masalalarini muhokama qildi.
Bunda O‘zbekistonda yapon kompaniyalarini mazkur tarmoqlar bo‘yicha investision loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish va respublikamizdan eksportbop mahsulotlarni Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari ishlab chiqarish zanjiriga ulangan holda Osiyo davlatlariga eksport qilish taklif etildi.
Uchrashuv yakunida Yaponiya tomoni bilan farmasevtika, elektrotexnika, qurilish materiallari, charm-poyabzal, to‘qimachilik va boshqa yo‘nalishlarda kelajakdagi hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.
15.04.2022
16:26