Oziq-ovqat va xizmat ko'rsatish sohasida resurslarni tejash
Joriy yilning 28 iyul kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida moddiy va energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish usullarini texnologik jarayonlarga joriy etish orqali mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar tannarxini pasaytirish masalalariga, shu jumladan sanoat chiqindilarini utilizatsiya qilishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda qandolatchilik va boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda umumiy ovqatlanish sohasida xizmat ko‘rsatuvchi kichik biznes subyektlari vakillari ishtirok etdi.
Avstriya tadqiqot va ta’lim markazi (AREC) katta texnik eksperti Kristian Angerbauer tadbirkorlar uchun taqdimot o’tkazdi.
Mazkur o‘quv seminari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Qishloq-oziq-ovqat sanoatida resurs samaradorligi” loyihasini amalga oshirish doirasida o‘tkazildi.
SSP Matbuot xizmati
31.07.2023
11:34