Hurmatli tadbirkorlar!
O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Germaniyaga bir oy davomida bo'lib o'tadigan stajirovka uchun nomzodlar qabul qilishni e'lon qiladi.
Stajirovka yo'nalishi:
«Umumiy iqtisodiy hamkorlik».
Stajirovka ingliz va rus tillarida olib boriladi.
Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2019 yil 1-yanvardan 1-fevralgacha.
Tanlovda ishtirok etish uchun talab qilinadigan hujjatlar ro'yxati:
- Ishtirokchi anketasi (1 nusxada);
- Ish joyidan ma'lumotnoma;
- Pasport nusxasi;
- Mehnat daftarchasi nusxasi;
- Oliy ma'lumot to'g'risidagi diplom nusxasi;
- SSPga a'zolik haqidagi shartnoma nusxasi;
- Soliq organlaridan qarzdorligi yo'qligi haqida ma'lumotnoma;
- Tijorat bankidan qarzdorligi yo'qligi haqida ma'lumotnoma.
Germaniyada stajirovka davomida barcha o'qish va yashash xarajatlari Germaniyaning iqtisodiyot va energetika federal vazirligi tomonidan qoplanadi.
Toshkentda bo'lib o'tadigan 6 kunlik (2019 yil, fevral - mart) majburiy kurs bo'yicha o'qish xarajatlari, Germaniyaga borish-qaytish uchun avia chipta va u yerda ovqatlanish xarajatlari yuborayotgan korxona (yoki ishtirokchining o'zi) tomonidan qoplanadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun qo'yiladigan asosiy talablar:
- O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi a'zoligi;
- Nomzodning oxirgi 2 yildan kam bo'lmagan, o'rta yoki yuqori pog'onada boshqaruvchi sifatidagi ish tajribasi mavjudligi;
- Nomzodning yoshi – 45 yoshdan yuqori bo'lmasligi;
- Oliy ma'lumotga egaligi;
- Ingliz tilini yoki rus tilini mukammal bilishi.
Muhim!
- Saralash suhbatida faqat O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi a'zolari bo'lgan tadbirkorlar ishtirok etishi mumkin;
- Intervyu ingliz va rus tillarida o'tkaziladi (ingliz tili ustuvor sanaladi);
- Ro'yxatda ko'rsatilgan barcha hujjatlar (anketalar www.chamber.uz saytidan yuklab olinishi mumkin) bir vaqtning o'zida to'liq va qogozga chiqarilgan holda O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga quyidagi manzil bo'yicha taqdim qilinadi: Toshkent sh., A.Temur ko'chasi, 4;
- To'ldirilgan anketa va pasportni elektron ko'rinishda taqdim etish talab qilinadi (sh.turgunbayev@chamber.uz).
Qo'shimcha ma'lumotlarni quyidagi telefonlar orqali olish mumkin: (+998 78) 150-60-06 (SH.Turgunbaev, bosh mutaxassis) hamda www.chamber.uz.
So'rovnomani (rus tilida) yuklab olish
Loyiha haqida ma'lumotni (rus tilida) yuklab olish
Qo'llanmani (rus tilida) yuklab olish
O'z SSP Axborot xizmati
04.01.2019
09:30